O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi barcha bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati 16-iyuldan vaqtincha to‘xtatildi.

Toshkent viloyatidagi barcha bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

 

Toshkent viloyatida kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sabab barcha davlat, nodavlat va idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

 

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Zoir Mirzayev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman va shahar hokimliklariga 16-iyuldan boshlab barcha davlat, xususiy hamda idoraviy bog‘chalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berilgan.

 

Qayd etilishicha, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ob-havo me’yoriy holatga kelgach, Toshkent viloyati hokimligining qo‘shimcha qarori asosida qayta tiklanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, anomal issiq sabab avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ayrim bog‘chalar 17–18-iyulgacha, Xorazm viloyatidagi barcha davlat bog‘chalari 14–17-iyul kunlari vaqtincha yopilgandi. Shuningdek, Navoiy viloyatida ayrim davlat bog‘chalari faoliyati to‘rt kunga to‘xtatilgan, Buxoro viloyatidagi barcha bog‘chalar 15-iyuldan yopilgan, Farg‘ona viloyatidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari esa 16–17-iyul kunlari ishlamasligi ma’lum qilingandi.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"