O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev xorijdagi fojialar munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Xitoy va Nepaldagi tabiiy ofatlar, shuningdek, Pokistondagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan marhumlarning yaqinlariga sabr-toqat, jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayishni tiladi.

Shavkat Mirziyoyev xorijdagi fojialar munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonidagi Shigadze shahar okrugida va Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan keng ko‘lamli ko‘chki va toshqin oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jarohatlangani hamda katta iqtisodiy talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Nepal Prezidenti Ram Chandra Paudelga hamdardlik yo‘lladi.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi tibbiyot muassasasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab bolalar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga ham hamdardlik bildirdi.

 

Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

 

Ma’lumot o‘rnida, tabiiy ofat oqibatida Nepalda kamida 165 kishi halok bo‘lgan, 826 kishi bedarak yo‘qolgan. Bedarak yo‘qolganlar orasida 500 ga yaqin xorijlik bor. Tibetning Jiro‘ng hududida esa 558 kishi, jumladan, 260 nafar xorijlik bedarak yo‘qolgan. Xitoy rasmiylariga ko‘ra, hududda uch kishi halok bo‘lgan. Hozirda Nepal va Tibetda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 

Pokistonda esa Tibbiyot fanlari instituti (PIMS) tug‘ruqxonasining yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limida yong‘in sodir bo‘lib, kamida 14 chaqaloq halok bo‘lgandi.

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Hodisa vaqtida aeroportda yana 20 nafarga yaqin o‘zbekistonlik bo‘lgan.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.