Siyosat

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari, yetakchi sanoat va savdo korxonalari rahbarlari, xususan, Serbiyaning “Galenika”, “AbelaPharm”, “Gosa FOM”, “YUMCO”, “Luss Textile” kabi kompaniyalari qatnashdi.

 

 

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida samarali o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar ikki tomonlama aloqalarda yangi sahifa ochganini ta’kidladi. O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilgani asosiy natija bo‘ldi.

 

 

O‘zaro yetkazib beriladigan mahsulotlar turini kengaytirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish hisobiga o‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish bo‘yicha marra belgilangan. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi.

 

 

O‘zbekiston Prezidenti iqtisodiy sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. To‘qimachilik va elektrotexnika mahsulotlari, avtomobil va sanoat butlovchi qismlarini birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, farmatsevtika preparatlarini mahalliylashtirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt sohalarida loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

 

 

O‘zbekiston yetakchisi Serbiya biznesi uchun yurtimizda qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaratishga hamda har bir qo‘shma loyihani amalga oshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Yakunda qator ikki tomonlama iqtisodiy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.