O'zbekiston

Jarima va 3 yillik kirish taqiqi: O‘zbekistonda ruxsatnomasiz ishlagan chet elliklarga jazo kuchaytiriladi

Senat chet elliklarning ruxsatsiz mehnat faoliyati uchun javobgarlik belgilovchi qonunni ma’qulladi.

Jarima va 3 yillik kirish taqiqi: O‘zbekistonda ruxsatnomasiz ishlagan chet elliklarga jazo kuchaytiriladi

 

O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar 10 BHM miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Qoidabuzarlik takrorlangan yoki jarima to‘lanmagan taqdirda, ularni mamlakatdan chiqarib yuborish va O‘zbekistonga kirishini uch yilga cheklash nazarda tutilmoqda.

 

Bu haqda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisida ma’qullangan qonunda belgilangan.

 

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 49⁶-modda kiritilmoqda. Unga ko‘ra, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatsiz, hujjatning amal qilish muddati tugaganidan keyin yoki unda ko‘rsatilmagan ishga jalb qilish uchun jarima qo‘llanadi.

 

Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa yoki belgilangan jarima to‘lanmasa, huquqbuzarni O‘zbekistondan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish hamda mamlakatga kirishini uch yilga cheklash mumkin.

 

Senatorlar qonunni amalda samarali qo‘llash, xorijiy fuqarolar va ish beruvchilarni mehnat qoidalari haqida xabardor qilish hamda mas’ul organlar hamkorligini kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

 

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Yangi jazolar: mast holda takroran rulga o‘tirganlar 2 yilgacha qamalishi mumkin

Yangi jazolar: mast holda takroran rulga o‘tirganlar 2 yilgacha qamalishi mumkin

Noqonuniy poyga, drift, xavfli manyovr va yo‘l bezoriligi uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Nukusda kredit sabab issiqxona auksionga qo‘yildi

Nukusda kredit sabab issiqxona auksionga qo‘yildi

Auksionda issiqxona 30 mlrd so‘mga baholngan.

MIB orqali 4 ta qidiruvdagi mashina topildi

MIB orqali 4 ta qidiruvdagi mashina topildi

Ijro hujjatiga ko‘ra, transport vositalari egalarining 100 mlndan oshiq miqdorda qarzdorlik bo‘lgan.

Toshkentda Cobalt salonida gaz chaqnadi: haydovchi jarohatlandi

Toshkentda Cobalt salonida gaz chaqnadi: haydovchi jarohatlandi

Chaqnash so'ng yong‘in yuz bermagan.

247 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik: bojxona to‘lovidan bo‘yin tovlaganlarga jazo kuchaytiriladi

247 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik: bojxona to‘lovidan bo‘yin tovlaganlarga jazo kuchaytiriladi

Shuningdek, pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga oid ayrim jinoyatlarni tergov qilish vakolati bojxona organlariga berilishi taklif etilmoqda.

Uy foydalanishga topshirilmagan bo‘lsa, ko‘chib kirishga ruxsat yo‘q: yangi jazo belgilanmoqda

Uy foydalanishga topshirilmagan bo‘lsa, ko‘chib kirishga ruxsat yo‘q: yangi jazo belgilanmoqda

Senat foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uylarga fuqarolarni joylashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilovchi qonunni ma’qulladi.

Ohangaronda Lacetti piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida halok bo‘ldi

Ohangaronda Lacetti piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida halok bo‘ldi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Reklama ovozi teleko‘rsatuvdan baland bo‘lmasligi kerak: telekanallarga ogohlantirish

Reklama ovozi teleko‘rsatuvdan baland bo‘lmasligi kerak: telekanallarga ogohlantirish

Raqobat qo‘mitasiga reklama bloklari ovozining haddan tashqari balandligi yuzasidan tomoshabinlardan murojaatlar kelib tushmoqda.