Jahon

Qosim Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonga uzoq vaqt rahbarlik qilmoqchi emas

Prezident "Xabar 24" telekanaliga intervyu berdi.

Qosim Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonga uzoq vaqt rahbarlik qilmoqchi emas

 

Intervyuda To‘qayev ikki muddatdan ortiq prezident sifatida saylanmasligi va Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritilmasligi haqida gapirib o‘tgan.

 

"Qachongacha prezident bo‘lishimni bilmayman, lekin ikki muddatdan ortiq ishlamayman. Vakolatimni uzaytirish uchun qonunlarni qayta yozmayman, konstitusiyani ham", — degan u.

 

Shuningdek, Prezident Qozog‘istondagi yanvar voqealari haqida bayonot berib, quyidagilarni ma’lum qilgan:


— Davlat bunga tayyor emas bo‘lib chiqdi. Harakat rejasi yo‘q edi;

 

— Bu xorijda rejalashtirilgan terror operasiyasi edi;

 

— Ularning maqsadi hokimiyatni egallash edi;

 

— Banditlar giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan;

 

— Jangarilar o‘zlarini tasodifiy o‘tkinchilardek ko‘rsatishga uringan;

 

— Internetning cheklanishi axborot vakuumini yaratdi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"