O'zbekiston

O‘zbekistonda suyunchi puli belgilangan miqdordan kam berilayotgani rad etildi

“Xalq banki” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga raddiya berdi.

O‘zbekistonda suyunchi puli belgilangan miqdordan kam berilayotgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suyunchi puli belgilangan miqdordan kam berilayotgani haqidagi xabarlarga “Xalq banki” matbuot xizmati raddiya berdi. Bank ma’lum qilishicha, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa — suyunchi puli belgilangan miqdordan kam berilayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Suyunchi puli prezident farmoniga muvofiq, eng kam mehnat haqqining 70,3 foizi sifatida belgilanadi.

 

2025-yil 1-avgustdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘m etib belgilangan, shu sababli suyunchi puli 893 513 so‘m miqdorida to‘lab berilmoqda. Mazkur nafaqa Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayinlanadi va moliyalashtiriladi, “Xalq banki” esa ushbu mablag‘larni aholiga yetkazib beradi. Fuqarolar nafaqani bankning ilovasi orqali mustaqil ravishda ham olishi mumkin.

 

Bank ta’kidlashicha, nafaqa miqdorini belgilash yoki o‘zgartirish “Xalq banki”ning vakolati doirasida emas. Ilovaning yangilanishi yoki yangilanmasligi bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa miqdoriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu bilan birga, 1-avgustgacha tug‘ilgan farzandlar uchun suyunchi puli 811 365 so‘m, 1-avgustdan keyin tug‘ilganlar uchun esa 893 513 so‘m qilib to‘lanadi.

 

Statistikaga ko‘ra, 2025-yil iyun oyida O‘zbekistonda 32 184 ming nafar fuqaroga bir martalik nafaqa to‘lovlari amalga oshirildi. Shundan 19 702 nafar fuqaroga 15,9 mlrd so‘m miqdorida yangi tug‘ilgan farzand uchun suyunchi puli, 12 482 nafar fuqaroga 21,3 mlrd so‘m miqdorida dafn etish nafaqasi berilgan. May oyiga nisbatan bir oyda nafaqa to‘lovlarida ortish kuzatilgan.

custom img

O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirilishi rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya, chiqindilarni boshqarish va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli takliflar bilan tanishdi.

custom img

Toshkent—Xiva yo‘nalishidagi yangi tezyurar poyezd qatnovi 3-maydan yo‘lga qo‘yiladi

“Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi haftasiga 3 kun qatnab, safar vaqti 7,5 soat atrofida bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda podyezd va trotuarlar oldiga mashina qo‘yish taqiqlandi

Ko‘p qavatli uylar hududida yangi taqiqlar joriy etildi.

custom img

14 yoshli qizning tanishi PPX xodimini “shantaj” qilgani aniqlandi

IIBBga ko‘ra, Ohangarondagi mojaro shaxsiy kelishmovchilik oqibatida yuzaga kelgan, PPX xodimiga nisbatan ayblovlar asossiz.

custom img

"Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi"ga 16 ta majburiy ko‘rsatma berildi

Qashqadaryodagi korxonada ekologik talablar buzilgani aniqlanib, ish sudga yuborildi.

custom img

O‘zbekiston va Škoda Group elektropoyezdlarni yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekistonda temiryo‘l transporti sohasida Škoda loyihasini amalga oshirish boshlanadi.

custom img

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

Tahlilga ko‘ra, so‘nggi 25-yil ichida global ko‘rsatkichlar eng past darajaga tushgan

custom img

Toshkent aeroportida qushlardan himoya qiluvchi yangi intellektual tizim joriy etildi

Tizim sun’iy intellekt yordamida qushlarni avtomatik aniqlab, ularni haydash uchun yo‘naltirilgan ovozli va ultratovush signallardan foydalanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"