O'zbekiston

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

Tahlilga ko‘ra, so‘nggi 25-yil ichida global ko‘rsatkichlar eng past darajaga tushgan

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

Chegara bilmas muxbirlar tomonidan e’lon qilingan 2026-yilgi Matbuot erkinligi indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston bir pog‘ona yuqorilab, 180 ta davlat orasida 147-o‘rinni egalladi.

 

Bu xususida iqtisodchi Otabek Bakirov: “O‘rnimiz 2025-yildagi ko‘rsatkichdan bir pog‘ona yuqorilagan, lekin to‘plangan ballar 35,24 dan 34,95 gacha pasaygan. O‘rnimizning bir pog‘ona yaxshilangani bizning qatordagi davlatlarda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat ko‘proq yomonlashgani bilan bog‘liq” — deya yozdi.

 

Hisobotda qayd etilishicha, tarixda ilk bor dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pi matbuot erkinligi bo‘yicha “qiyin” yoki “juda jiddiy” toifalarga kiritilgan. 

 

Ushbu ro‘yxatda Markaziy Osiyo davlatlari ham bor. 

 

Mintaqa bo‘yicha natijalar quyidagicha: 

 

  • Qirg‘iziston — 146-o‘rin, 
  • O‘zbekiston — 147-o‘rin,
  • Qozog‘iston — 149-o‘rin, 
  • Tojikiston — 155-o‘rin,
  • Turkmaniston — 173-o‘rin.

 

Tahlilga ko‘ra, so‘nggi 25-yil ichida global ko‘rsatkichlar eng past darajaga tushgan. 2001-yildan buyon axborot olishni cheklovchi huquqiy mexanizmlar kengayib, hatto demokratik davlatlarda ham matbuot erkinligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 

 

O‘tgan yil davomida ayniqsa huquqiy ko‘rsatkich keskin pasaygan bo‘lib, bu jurnalistik faoliyatning tobora kriminallashtirilayotganidan dalolat beradi.

 

Amerika mintaqasida ham vaziyat murakkablashgan: AQSH reytingda yetti pog‘ona pastlab, 64-o‘rinni egallagan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa zo‘ravonlik holatlari fonida OAV uchun sharoitlar yomonlashgan.

 

Hisobotga ko‘ra, hozirda dunyo mamlakatlarining qariyb 75 foizida matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “muammoli” yoki undan ham yomonroq deb baholanmoqda. 52,2 foiz davlatlarda esa OAV faoliyati uchun sharoitlar “murakkab” yoki “juda jiddiy” darajada. Taqqoslash uchun, 2002-yilda bu ko‘rsatkich 13,7 foizni tashkil etgan.

 

Yetakchilar qatorida Norvegiya ketma-ket o‘ninchi yil birinchi o‘rinni egalladi. Aksincha, Eritreya uchinchi yil ketma-ket reytingning oxirgi pog‘onasida qolmoqda. Eng katta ijobiy o‘sishni Suriya ko‘rsatib, 36 pog‘onaga yuqorilagan.

 

Tahlilda urushlar va qurolli mojarolar matbuot erkinligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan. Xususan, Iroq, Sudan va Yamanda vaziyat yomonlashgan.

 

Ayniqsa, G‘azodagi harbiy harakatlar fonida jurnalistlar uchun xavf kuchaygan: 2023-yil oktyabridan buyon hududda 220 dan ortiq jurnalist halok bo‘lgan, ulardan kamida 70 nafari xizmat vazifasini bajarish chog‘ida o‘ldirilgan.

 

Shuningdek, Eron 177-o‘rinni egallab, bir pog‘ona pastlagan, Rossiya esa 172-o‘ringa tushgan. Ukraina esa 7 pog‘onaga yuqorilab, 55-o‘rinni qayd etgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida bir pog‘ona yuqoriladi | Zamon.uz