O'zbekiston

14 yoshli qizning tanishi PPX xodimini “shantaj” qilgani aniqlandi

IIBBga ko‘ra, Ohangarondagi mojaro shaxsiy kelishmovchilik oqibatida yuzaga kelgan, PPX xodimiga nisbatan ayblovlar asossiz.

14 yoshli qizning tanishi PPX xodimini “shantaj” qilgani aniqlandi

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ohangaron tumanida 14 yoshli qiz bilan bog‘liq holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

 

Rasmiy bayonotga ko‘ra, mazkur voqea yuzasidan kompleks tekshiruvlar o‘tkazilgan va videoda keltirilgan ayblovlar haqiqatga mos kelmasligi aniqlangan.

 

Dastlab, ijtimoiy tarmoqlarda patrul-post xizmati (PPX) xodimi voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul harakat qilgani haqida murojaat tarqalgan edi.

 

Aniqlanishicha, joriy yil 27-aprel kuni tungi soat 00:30 atrofida PPX xodimiga avvaldan tanish bo‘lgan 22 yoshli ayol qo‘ng‘iroq qilib, uchrashuvga chaqirgan. Shundan so‘ng, ayol va 14 yoshli qiz o‘z ixtiyorlari bilan xodim boshqaruvidagi avtomobilga o‘tirgan. Ular qisqa vaqt davomida shahar hududida harakatlangan va ma’lum joyda to‘xtagan.

 

Oradan 15–20 daqiqa o‘tgach, yana bir avtomobil kelib to‘xtagan. Undan tushgan uch nafar yigitdan biri 14 yoshli qiz bilan yaqin munosabatda bo‘lgan shaxs ekani aniqlangan. U mashina oldiga kelib janjal chiqargan, transport vositasiga zarar yetkazishga uringan hamda yonidagi shaxslarga voqeani videoga olishini aytgan.

 

Mazkur videoyozuv keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilib, unda PPX xodimiga nisbatan asossiz ayblovlar ilgari surilgan.

 

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, videomurojaatni tarqatgan shaxs qizning qarindoshi emas. U qiz bilan shaxsiy munosabatda bo‘lib, uni nazorat qilib kelgan. Shuningdek, ushbu yigit bir necha kun avval ham aynan shu qiz bilan tungi vaqtda birga yurgani uchun PPX xodimi tomonidan rasmiy ogohlantirilgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, aynan shu holat yigitning norozi kayfiyatiga sabab bo‘lgan va u vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilgan holda xodimga nisbatan bosim o‘tkazish maqsadida videotasvirni tarqatgan.

 

Voqea ishtirokchisi bo‘lgan 22 yoshli ayol ham videomurojaatda keltirilgan da’volarni rad etib, hech qanday majburlash yoki noqonuniy harakat bo‘lmaganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular avtomobilga o‘z ixtiyori bilan o‘tirgan, holat esa tashqi shaxslar tomonidan ataylab keskinlashtirilgan.

 

Ichki ishlar organlari fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har qanday xabarlarga tanqidiy yondashishga va faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.

 

Mazkur holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq huquqiy baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"