O'zbekiston

O‘zbekistonda podyezd va trotuarlar oldiga mashina qo‘yish taqiqlandi

Ko‘p qavatli uylar hududida yangi taqiqlar joriy etildi.

O‘zbekistonda podyezd va trotuarlar oldiga mashina qo‘yish taqiqlandi

Ko‘p kvartirali uylar hududida xavfsizlik, tartib-intizom va umumiy foydalanish joylarini saqlashni ta’minlash maqsadida yangi talab va taqiqlar joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash hududlarda fuqarolar tomonidan ayrim harakatlarni amalga oshirish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Xususan, uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi zinalar, podyezdlar, tom, yerto‘la, umumiy foydalanishdagi oshxona hamda balkon va lodjiyalarda saqlashga ruxsat etilmaydi.

 

Shuningdek, balkon va lodjiyalarda yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi jihozlar o‘rnatish, og‘ir buyumlarni saqlash hamda fasad qismida kiyim-kechak, gilam va boshqa buyumlarni osib qo‘yish taqiqlanadi.

 

Bundan tashqari, kirish yo‘laklari va zinalar ostida yonuvchan materiallarni saqlash, umumiy issiqlik tizimlariga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish, qo‘shimcha isitish moslamalarini ulash ham qat’iyan man etiladi.

 

Yana bir muhim tartibga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash hududlarda avtomototransport vositalarini gazonlar, xiyobonlar, bolalar maydonchalari, trotuarlar hamda kirish yo‘laklari oldiga qo‘yish taqiqlanadi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.