O'zbekiston

O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirilishi rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya, chiqindilarni boshqarish va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli takliflar bilan tanishdi.

O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirilishi rejalashtirilmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni tabiatni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Taqdimotda mamlakatda so‘nggi yillarda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi.

 

Tahlillarga ko‘ra, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar soni ortib bormoqda: 2024-yilda 47 mingdan ortiq holat aniqlangan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 59 mingdan oshgan. Amaldagi jarima tizimi esa ayrim hollarda yetkazilgan ekologik zarar bilan mutanosib emasligi sababli, ba’zi korxonalar uchun jarima to‘lash ekologik talablarni bajarishdan ko‘ra osonroq variantga aylanib qolayotgani ta’kidlandi.

 

Shu munosabat bilan ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy javobgarlik tizimini qayta ko‘rib chiqish, jarimalarni yetkazilgan zarar miqdoriga to‘liq bog‘lash hamda xalqaro amaliyotga moslashtirish taklif etildi. Jumladan, daryo o‘zanlaridan noqonuniy qazib olish, suv havzalarini ifloslantirish, daraxt va butalarni ruxsatsiz kesish, atmosfera havosiga zararli chiqindilar chiqarish, qurilish maydonlarida chang va qumning havoga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yish, chiqindilarni belgilanmagan joylarda yoqish kabi holatlar uchun keskin moliyaviy chora joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, ma’muriy jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lovlarini yagona moliyaviy sanksiyaga birlashtirish taklifi ko‘rib chiqildi. Ushbu tartibga ko‘ra, korxona o‘z aybini tan olgan taqdirda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan sanksiya qo‘llanadi, nizoli holatlarda esa masala sud tartibida hal etiladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"