O'zbekiston

Toshkent aeroportida qushlardan himoya qiluvchi yangi intellektual tizim joriy etildi

Tizim sun’iy intellekt yordamida qushlarni avtomatik aniqlab, ularni haydash uchun yo‘naltirilgan ovozli va ultratovush signallardan foydalanadi.

Toshkent aeroportida qushlardan himoya qiluvchi yangi intellektual tizim joriy etildi

Toshkent aeroportida qushlardan himoya qiluvchi “AVES Airport” joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Germaniyada ishlab chiqilgan mazkur tizim parvozlar xavfsizligini ta’minlashning ornitologik sohasidagi eng zamonaviy yechimlardan biri hisoblanadi.

 

Tizim sun’iy intellekt yordamida yuqori xavfli hududlardagi qushlarni avtomatik ravishda aniqlash, kuzatish va haydash funksiyalarini bajaradi. Va inson omilini sezilarli darajada pasaytiradi.

 

Tizim to‘liq avtonom tarzda ishlab havo kemalarining harakatiga qarab mustaqil ravishda faollashadi va o‘chadi. 

 

Kameralar qushlarni kunduzi 1000 metrgacha, tunda esa 400 metrgacha bo‘lgan masofada aniqlashga qodir hamda murakkab ob-havo sharoitlarida ham o‘z vaqtida chora ko‘rishni ta’minlaydi.

 

Qushlarni haydash uchun yo‘naltirilgan ovozli va ultratovush signallardan foydalaniladi. Qushlar ushbu ta’sirga o‘rganib qolmasligi uchun signallar doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Shu bilan birga, tizim masofa va atrof-muhitga qarab ovoz balandligini tartibga soladi va ekotizimga salbiy ta’sirni kamaytiradi.

 

Bundan tashqari bir nechta qurilmalar hamkorlikda ishlab, qushlarni xavfsiz zonalarga yo‘naltiradi. Mutaxassislar uchun tahlil va boshqaruv oson bo‘lishi uchun tizim doimiy ravishda ma’lumotlarni yig‘ib boradi. 

 

Shuningdek, tizim bir vaqtning o‘zida 256 tagacha qushni aniqlash, kuzatish va haydash imkoniga ega.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"