Jahon

Ukraina Kaspiy dengizida Rossiyaning ikki kemasini urib tushirdi

Maxsus operatsiya davomida harbiy yuk tashiyotgan tankerlar nishonga olingani aytilmoqda.

Ukraina Kaspiy dengizida Rossiyaning ikki kemasini urib tushirdi

 

Ukraina Qurolli Kuchlarining Maxsus operatsiya kuchlari Kaspiy dengizida navbatdagi maxsus amaliyotni amalga oshirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida qurol-yarog‘ va harbiy texnika olib ketayotgan Rossiyaga tegishli ikki tanker cho‘ktirildi.

 

Ukraina tomoni bu kemalar harbiy maqsadlarda foydalanilgani va Eron hamda Rossiya o‘rtasida harbiy yuk tashishga jalb etilgani sababli AQSh sanksiyalari ostida ekani haqida ma’lumot berdi. Maxsus kuchlar Rossiya armiyasining hujumkor salohiyatini kamaytirish uchun “assimetrik amaliyotlar davom ettirilishini” bildirdi.

 

Bu so‘nggi ikki kun ichida Kaspiy dengizida qayd etilgan ikkinchi hujumdir. 11-dekabr kuni Ukraina uzoq masofali dronlar yordamida Rossiya sektoridagi neft platformasiga zarba bergani xabar qilingandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"