O'zbekiston

O‘zbekiston yana Jahon bankidan qarz oldi

Jahon banki 1 million o‘zbekistonlikning hayotini yaxshilash uchun 250 million qarz berdi.

O‘zbekiston yana Jahon bankidan qarz oldi

 

Jahon banki 1 million o‘zbekistonlikning hayotini yaxshilash uchun 250 million qarz berdi. Mablag‘ shahar va tumanlardagi munitsipal infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltiriladi.

 

Ajratilgan pullar “Shaharlarda yashash va unumdorlikni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish” (Livable and Productive Cities Program — LPCP) dasturi doirasida mamlakatning 16 ta tuman va shahrida amalga oshiriladi. Mazkur dastur iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. U aholi va biznes uchun munitsipal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘zda tutadi.

 

Loyiha doirasida ijtimoiy va kommunal infratuzilma, transport, savdo va ishbilarmonlik muhiti, turizm obyektlari hamda jamoat joylariga sarmoya kiritiladi. Xususan, maktablar va bog‘chalar, tibbiyot muassasalari, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlari, yo‘llar, piyodalar hududlari, bozorlar, bog‘lar hamda shaharlarni suv toshqinlaridan himoya qilish inshootlari yangilanishi rejalashtirilgan.

 

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030 yilga qadar mazkur dastur orqali 1 millionga yaqin aholining turmush sharoiti to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaxshilanadi. Foyda ko‘ruvchilarning taxminan yarmini ayollar tashkil etadi. Shuningdek, 300 ming nafar aholi uchun transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayadi, 400 ming kishi esa yangi yoki yangilangan jamoat joylari va bog‘lardan foydalanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki taʼlim kreditlarini moliyalashtirish tizimini qo‘llab-quvvatlash qaratilgan EduImkon doirasida 250 million AQSH dollari miqdorida kredit bergan edi. Mazkur dastur doirasida 3 yil ichida 600 ming yoshlar uchun taʼlim kreditlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish kutilmoqda.

custom img

Prezident farmoni bilan bir guruh marhum ijodkorlar mukofotlandi

Mamlakatda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgan marhum san’atkor, yozuvchi, hofiz, olimlar taqdirlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

Prezident Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.

custom img

Mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar xodimlarni muayyan muddatga ishga rasmiylashtirishi va ish haqi to‘lashi mumkin bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda kitobxonlik tanlovi g‘oliblariga 50 ming dollargacha mukofot beriladi

Ishtirokchilar uchta yosh toifasida qatnashadi va belgilangan tartib asosida saralab olinadi.

custom img

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentga tabriklar yo‘llanmoqda

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda siyosiy va diniy arboblardan tabrik maktublari kelmoqda.

custom img

Prezident qarori asosida 50 ga yaqin bemorda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi

Qurbon hayiti munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbirlari doirasida bolalar va og‘ir tashxisli bemorlarga murakkab tibbiy yordam ko‘rsatildi.

custom img

Toshkentda reklama taxtalarini noqonuniy olib qo‘ygan xodimlar javobgarlikka tortildi

Biznes-ombudsman aralashuvidan so‘ng plakatlar tadbirkorlarga qaytarildi.

custom img

WTA va O‘zbekiston: turizm sohasida yangi imkoniyatlar muhokama qilindi

WTA tarkibidagi 260 dan ortiq turizm tashkilotlari va kompaniyalarini O‘zbekistondagi loyihalarga jalb qilish hamda Ipak yo‘li targ‘iboti tadbirlarini o‘tkazish kelishib olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"