O'zbekiston

WTA va O‘zbekiston: turizm sohasida yangi imkoniyatlar muhokama qilindi

WTA tarkibidagi 260 dan ortiq turizm tashkilotlari va kompaniyalarini O‘zbekistondagi loyihalarga jalb qilish hamda Ipak yo‘li targ‘iboti tadbirlarini o‘tkazish kelishib olindi.

WTA va O‘zbekiston: turizm sohasida yangi imkoniyatlar muhokama qilindi

“ITB China” xalqaro turizm ko‘rgazmasi doirasida Turizm qo‘mitasi raisi A. Aqqulov “World Tourism Alliance” (WTA) bosh kotibi Zheng Hao bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

 

WTA turizm sohasidagi xalqaro nodavlat va notijorat tashkilot bo‘lib, u davlatlar, xususiy sektor va turizm industriyasi ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.

 

Bugungi muzokaralarda WTA bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turistik salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarning jahon turistik marshrutlaridagi o‘rnini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.

 

Shu bilan birga, WTA platformasi orqali O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar va yangi turistik loyihalarni jalb etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Ekologik turizm, ziyorat turizmi va gastronomik turizm kabi yo‘nalishlarni xalqaro hamkorlik asosida rivojlantirish ilgari surilmoqda.

 

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, WTA tarkibiga kiruvchi 260 dan ortiq milliy turizm tashkilotlari, aviakompaniyalar, mehmonxona tarmoqlari va yirik turizm kompaniyalarini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarga keng jalb qilish va birgalikda Ipak Yo‘li targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning global turistik tashkilotlar bilan aloqalarini kuchaytirilishi mamlakatning xalqaro imijini yanada oshiradi. Bu esa nafaqat sayyohlar oqimini ko‘paytirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishga ham hissa qo‘shadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.