O'zbekiston

Mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar xodimlarni muayyan muddatga ishga rasmiylashtirishi va ish haqi to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab mehmonxona va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida alkogol hamda tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat beriladi. Bu Prezidentning 26-may kuni imzolangan “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

 

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul to‘lovlarini qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

 

Shuningdek, alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu subyektlarda yakuniy iste’molga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi.

 

Farmon bilan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bir qator tartiblar ham joriy etilmoqda. Xususan, ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda shu kunning o‘zida va muayyan muddatga ishga rasmiylashtirish hamda ish haqi to‘lash imkoniyati yaratiladi.

 

Bundan tashqari, to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish, tushumning naqdsiz shakldagi ulushidan qat’i nazar, to‘langan QQS summasining 40 foizi qaytariladi.

 

Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan foydalanishda to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadigan yer soligining bir baravari miqdorida belgilanadi.

 

2027-yil 1-yanvardan boshlab:

 

  • alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar birlashtiriladi va uning stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilanadi;
  • jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga umumiy maydoni 1000 metr kvadratdan ko‘p bo‘lgan mol-mulk ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanmaydi, bundan Toshkent shahri mustasno;
  • kichik biznes subyektlariga buxgalteriya hisobini yurituvchi tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini ikki barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat beriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan ayrim tovar va xizmatlar uchun naqd pulda to‘lov qilish taqiqlangan edi. Ushbu cheklov alkogol va tamaki mahsulotlari, 25 million so‘mdan oshiq xaridlar hamda yoqilg‘i shoxobchalaridagi to‘lovlarga ham tatbiq qilingandi. 21-aprel kuni umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda kafe, restoran va mehmonxonalarda alkogol mahsulotlari uchun faqat naqdsiz to‘lov talabi qayta ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

custom img

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

custom img

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

custom img

Yaponiya ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Biri texnik stajyor vizasi, ikkinchisi esa qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"