O'zbekiston

Prezident qarori asosida 50 ga yaqin bemorda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi

Qurbon hayiti munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbirlari doirasida bolalar va og‘ir tashxisli bemorlarga murakkab tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Prezident qarori asosida 50 ga yaqin bemorda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan o‘tkazilayotgan mehr-saxovat tadbirlari doirasida 50 ga yaqin bemorda yuqori texnologik va murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Prezidentning aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etishga oid qarori asosida bir qator bemorlar davolanishga joylashtirilgan.

 

2026-yil 27-may soat 09:00 holatiga ko‘ra, 194 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilgan bo‘lib, ularning 40 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti bajarilgan.

 

Shuningdek, onkologik, gematologik va onkogematologik tashxis qo‘yilgan 112 nafar bemor davolanishga joylashtirilgan. Ularning 5 nafarida murakkab jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan.

 

Bundan tashqari, 14 nafar bemor tibbiyot muassasalariga yotqizilib, 2 nafarida jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilgan.

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Toshkent va Samarqand viloyatlarida ikki noqonuniy holat aniqlandi.

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Bola 22-noyabr kuni berkinmachoq o‘ynayotib, uyning chordog‘idan pastga tushib ketgan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

Ushbu maskan Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi.

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi ikki mamlakat biznes forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.