O'zbekiston

Toshkentda reklama taxtalarini noqonuniy olib qo‘ygan xodimlar javobgarlikka tortildi

Biznes-ombudsman aralashuvidan so‘ng plakatlar tadbirkorlarga qaytarildi.

Toshkentda reklama taxtalarini noqonuniy olib qo‘ygan xodimlar javobgarlikka tortildi

Toshkent shahrida ayrim tadbirkorlarga tegishli ko‘chma reklama taxtalarini noqonuniy olib ketgan xodimlar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlik subyektlarining reklama taxtalari ogohlantirishsiz olib ketilgani haqidagi xabarlar tarqalganidan so‘ng holat nazoratga olingan.

 

O‘rganishlar davomida Yakkasaroy tumanida faoliyat yurituvchi “CH.Z.” MChJ va boshqa tadbirkorlarga tegishli reklama taxtalari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan asossiz ravishda yig‘ishtirib olib ketilgani aniqlangan.

 

Biznes-ombudsman aralashuvidan so‘ng reklama plakatlari tadbirkorlarga qaytarildi. Noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ygan Obodonlashtirish boshqarmasining ikki nafar mas’ul xodimi esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

 

Biznes-ombudsman tadbirkorlik subyektlarining mulki qonun bilan himoya qilinishi va unga noqonuniy aralashuv ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tdi.

custom img

Bo'kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

Hozirda marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

custom img

B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari ishdan bo'shatilishi mumkin

Tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

custom img

“Chinor” metro bekati 29-iyuldan faoliyatini qayta boshlaydi

Rekonstruksiyadan so‘ng bekatdagi kunlik xizmat ko‘rsatish quvvati 40 ming nafargacha oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda harbiy forma ko‘rinishidagi kiyimlarni kiyganlik uchun jarima joriy etiladi

Fuqarolarni chalg‘ituvchi va davlat organlari obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan formali kiyimlardan foydalanishga qarshi qonun loyihasini ma’qullandi.

custom img

Jarima ballarini pul evaziga o‘chirishning imkoni yo‘q — IIV

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilarning jarima ballarini o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlardan ogoh bo'lishga chaqirdi.

custom img

Toshkentda spa-salon niqobi ostida odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Guruh qizlarni ish va’dasi bilan jalb qilib, ularni zo‘ravonlik va tahdid orqali jinsiy ekspluatatsiyaga majburlagan.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi

U davlat mulkini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bir qator moddalar bo‘yicha ayblanmoqda.

custom img

Surxondaryoda ota 9 yoshli qiziga mol tezagini majburan yedirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"