1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1 milliard 577,5 million so‘mlik davlat xaridida qonunchilikka zid holatlar aniqlandi

Bu haqda Antikorrupsiya agentligi maʼlum qildi.

1 milliard 577,5 million so‘mlik davlat xaridida qonunchilikka zid holatlar aniqlandi

 

Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 2023 yil 19 aprel kuni o‘tkazilgan 1 mlrd 577,5 mln so‘mlik davlat xaridida O‘zbekiston Respublikasi "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunning:  

 

  • 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi); 

  • 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi); 

  • 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi va boshqa qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan aniqlandi.

 

Xususan, ushbu xaridda ishtirok etgan 2 nafar tadbirkorning hujjatlari xarid komissiyasining kotibi foydalangan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan.

 

Mazkur holat bo‘yicha davlat xaridi o‘tkazilgan kunning o‘zida Agentlik tomonidan xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi hamda holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘rovnoma kiritildi.

 

Agentlik taqdimnomasiga binoan Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 27 aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика