1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

100 bilan yuzlashgan momo "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi

"Har bir nafasiga shukronada bo‘lgan kishining doimo baxt-u iqboli kulgan", - deydi 85 nafar chevaraning buvisi.

100 bilan yuzlashgan momo "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi

 

Bu yil O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi arafasida 100 yoshdan oshgan Razavan momo Markabayeva "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.  

 

"Shunday farovon kunlarga yetkazgan Yaratganga shukronalar aytaman, — deydi onaxon biz bilan suhbatda. — Sababi bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Bir asrlik hayotimizda ne-ne zamonlar boshimizdan kechdi. Tarixga aylangan yillar qa’tida yaxshi-yomon kunlarimiz ko‘p bo‘ldi. Davrlar, zamonlar o‘taverarkan. Har bir nafasiga shukronada bo‘lgan kishining doimo baxtu iqboli kulganiga ko‘p marotaba guvoh bo‘ldik.

 

Yaratganga ming bora shukrlar bo‘lsinkim, bugungi hur kunlar bu elga nasib etdi. Tariximiz, dinimiz, milliy urf-odatlarimiz e’zozlanmoqda. Ishlab, elni boy qilaman, deganga hamma shart-sharoitlar yaratib berilayotir. Yoshlarimizni ilm olishi, tadbirkorlik qilishi uchun qanchadan-qancha ishlar qilinyapti," - deydi momo.

 

Umr yo‘ldoshi bilan o‘n nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan momo 31 nafar nabira, 85 nafar chevaralar qurshovida hayot kechirmoqda.

 

"Prezidentimiz har doim yoshi ulug‘ insonlarni, nuroniylarni, ayniqsa, 100 yoshdan oshgan fuqarolarni e’zozlab, ularning mehnatlarini e’tirof etib keladi. Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga muvofiq, mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida meni ham “Shuhrat” medali bilan mukofotladi. Prezidentimizning umri uzoq bo‘lsin ilohim. Bu yuksak medal ko‘nglimni tog‘dek ko‘tardi. Viloyat hokimi kelib medalni taqib, tabriklab ketdi. Hamma-hammalari sog‘-omon yurishsin,- dedi momo so‘zining yakunida duoga qo‘l ochib.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика