1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2 ta bojxona posti boshqa davlat fuqarolari uchun ham ochildi

Yangi tartib ertaga, 10 avgustdan kuchga kiradi.

2 ta bojxona posti boshqa davlat fuqarolari uchun ham ochildi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi 2 ta chegara bojxona postidan boshqa davlat fuqarolari ham o‘tishiga ruxsat berilmoqda. Bu haqida Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida imzolangan “Davlat chegarasi orqali o‘tkazish puntklari to‘g‘risida”gi Bitimga muvofiq, 2025 yil 10 avgust soat 6:00 dan boshlab Toshkent viloyatidagi “Bekobod avto” hamda Sirdaryo viloyatidagi “Xovosobod” chegara bojxona postlari orqali uchinchi davlat fuqarolari hamda yengil avtotransport vositalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Maʼlumot uchun, shu vaqtgacha ushbu postlardan faqat O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari va yengil mashinalari o‘tib kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика