O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Umra safarini tashkil etuvchi kompaniya va yakka tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish maqsadida “sirli mijoz” uslubidan foydalanishni boshladi.
Ushbu tadbirlar davomida qo‘mita xodimlari oddiy mijoz sifatida murojaat qilib, tashkilotchilardan safar litsenziyasi, davomiyligi, narxi, to‘lov tartibi, yashash va transport sharoitlari bo‘yicha ma’lumot so‘raydi. Zarurat tug‘ilganda, jarayon audio yoki video vositalar orqali qayd etiladi.
Qoidabuzarliklar aniqlanganda, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi yoki qo‘shimcha tekshiruv o‘tkaziladi.


