1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Arda Xiva” zamonaviy sayyohlik markaziga aylanmoqda

Majmua o‘zida Xorazmning eng yaxshi anʼanalari va zamonaviy qiyofasini birlashtirgan.

“Arda Xiva” zamonaviy sayyohlik markaziga aylanmoqda

Ayni paytda Xorazm viloyatining qadimiy Xiva shahrida joylashgan “Arda Xiva” majmuasi hamda “Ichan qalʼa” davlat muzeyqo‘riqxonasi hududida “Qovun sayli – 2025” festivali bo‘lib o‘tmoqda.

 

Festivalning bosh maydoni bo‘lmish “Arda Xiva” zamonaviy turizm majmuasi 24,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, o‘zida keng qamrovli infratuzilmani jamlagan. Majmua tarkibiga 18 ta mehmonxona, 24 ta restoran va kafe, hunarmandchilik uylari, sharq bozori, akvaparklar, 3000 tomoshabinga mo‘ljallangan amfiteatr, sayr qilish uchun qulay sohil bo‘yi, musiqali favvora hamda boshqa zamonaviy dam olish maskanlari kiradi.

 

 

 

“Qovun sayli – 2025” nafaqat Xorazmning qovunchilikdagi boy salohiyatini, balki uning madaniy merosi, milliy taomlari va mehmondo‘stligini dunyoga tanitadigan yirik festivalga aylanmoqda. Arda Xiva esa bu jarayonning yuragi sifatida Xorazmning eng yaxshi anʼanalari va zamonaviy qiyofasini birlashtirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика