1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xivadagi “Qovun sayli”ga bu yil 1 millionga yaqin mehmon tashrif buyurdi

“Qovun sayli – 2025” nafaqat Xorazmning qovunchilikdagi boy salohiyatini, balki uning madaniy merosi, milliy taomlari va mehmondo‘stligini dunyoga tanitadigan yirik festivalga aylanmoqda.

Xivadagi “Qovun sayli”ga bu yil 1 millionga yaqin mehmon tashrif buyurdi

8–10 avgust kunlari Xorazm viloyatining qadimiy Xiva shahrida joylashgan “Arda Xiva” majmuasi hamda “Ichan qalʼa” davlat muzeyqo‘riqxonasi hududi O‘zbekistonning eng shirin, xalqona va madaniy tadbirlaridan biri — “Qovun sayli – 2025” festivaliga mezbonlik qilmoqda.

 

Tadbir turizm, agrosanoat va madaniy meros sohalarini birlashtirgan yirik ochiq platforma bo‘lib, Xorazmning turizm salohiyatini keng namoyish etish, qovunchilik anʼanalarini targ‘ib qilish va hududiy agrobrendlarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

 

Festival har yili minglab mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Folklor dasturlari, teatrlashtirilgan chiqishlar, hunarmandchilik yarmarkalari va milliy taomlar ko‘rgazmalari mehmonlar uchun noyob madaniy tajriba yaratadi.

 

Festival har yili minglab mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. O‘tgan yili 400 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurgan bo‘lsa, bu yil ularning soni 1 millionga yetishi, shundan 150–200 ming nafarini xorijiy sayyohlar tashkil etishi kutilmoqda. Folklor dasturlari, teatrlashtirilgan chiqishlar, hunarmandchilik yarmarkalari va milliy taomlar ko‘rgazmalari mehmonlar uchun noyob madaniy tajriba yaratadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика