O‘zbekiston Respublikasida 2022-yildan buyon xorijdagi harbiy harakatlarda qatnashgan fuqarolar bo‘yicha 338 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Uzoqdan izlangan baxt” hujjatli filmi taqdimotida xabar berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat ishlari asosan Jinoyat kodeksining 154-moddasi (“yollanish”) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatlar soni yil sayin oshib bormoqda:
- 2022-yilda – 19 ta jinoyat ishi
- 2023-yilda – 68 ta
- 2024-yilda – 112 ta
- 2025-yilda – 139 ta
Mutaxassislar xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etish holatlarining oshishi ijtimoiy va huquqiy xavflarga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari ushbu holatlarni nazorat qilish va jinoyatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha doimiy choralar ko‘rmoqda.


