1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

800 million so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan  shaxs qo‘lga olindi

Firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

800 million so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan  shaxs qo‘lga olindi

 

Termiz shahri “Mehrobod” mahallasida yashovchi M.Chori shahar IIBga tanishi F. Vohid 2019-yil may oyida qurilish mahsuloti yetkazib berish uchun 800 million so‘m olib, qaytarib bermaganini bildirgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Tergov jarayonida F.Vohid ushbu pullarning hammasini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganini aytgan.

 

Mazkur holat yuzasidan  F.Vohidga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bundan avval Surxondaryoda 19 yilga qamalgan mahbusni 70 ming dollar evaziga qamoqdan chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani  hamda Quvasoyda chet davlatga ishga yuborishni vaʼda qilib, aldagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani  haqida xabar berilgandi.

 

  Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика