Bizning sayyoramizda minglab turli tillarda gaplashadigan milliardlab odamlar yashaydi. Biroq, dunyoda odamlar 840 tilda gaplashadigan bitta mamlakat bor — bu butun dunyo bo‘ylab lingvistik jihatdan eng xilma-xil hisoblanadi.
Bu Papua, yaʼni yangi Gvineyadir. Bugungi kunda bu yerda 840 ga yaqin til mavjud - bu butun dunyo bo‘ylab mavjud bo‘lgan tillarning 10 foizdan ortig‘i hisoblanadi. Shunisi qiziqki, tillarning boyligi bilan mamlakat aholisi atigi 10 million kishini tashkil etadi.
Rasmiy ravishda Papua-yangi Gvineyada faqat uchta milliy til mavjud: xiri-motu; tok-pisin; ingliz tili.
Olimlar, shuningdek, Papua-yangi Gvineyada uchta rasmiy tildan tashqari, yuzlab boshqa mahalliy tillar mavjudligini aniqladilar, ularning soni juda katta etnik va madaniy xilma-xillikka bog‘liq.
Komila Odilova tayyorladi


