1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi

Seul shahrida Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda

Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi

 

Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qitʼa futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda. Unda 2023-yilgi yirik musobaqalar, xususan, Osiyo Kubogi 2023 va futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchi, murabbiy va rasmiylar taqdirlanadi.

 

Yilning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi ayol futbolchi mukofotlaridan tashqari, murabbiylar, aʼzo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalarining yutuqlari eʼtirof etiladi. Ushbu oqshomda jami 21 nafar g‘oliblar taqdirlanishi belgilangan.

 

Abbos Fayzullayev AFC Awards 2023 Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik futbolchidan tashqari yaponiyalik Kagu Navata (“Kamigaku U-18”) hamda Janubiy koreyalik Bae Jun Ho (“Stok Siti”) ushbu mukofotga nomzodlar qatorida tilga olingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика