“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sidiqov Baxodirjon Baxromovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur lavozimni tark etdi.
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Ushbu tayinlov “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatidagi manba tomonidan tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Abdug‘ani Sanginov 2017-yildan buyon “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


