Nashrning yozishicha, so‘nggi to‘rt kun ichida Parvonning Shinvar tumanidagi Dara Kashfon hududining 500 dan ortiq aholisi nomaʼlum virusni yuqtirgan. Viloyat gubernatori matbuot kotibi Hikmatulloh Shomim ham buni tasdiqlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt kun ichida Parvonning Shinvar tumanidagi Dara Kashfon hududining 500 dan ortiq aholisi ushbu kasallikka chalingan va ularning soni ortib bormoqda.
“Ushbu kasallik tufayli ikki kishi vafot etgan, yana 50 kishi og‘ir ahvolda”, — deydi mahalliy rasmiylar.
Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash guruhlari kasallikdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududga yetib borgan va virusni yuqtirgan odamlardan qon namunalari olgan.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kasallikning alomatlari jismoniy nogironlik, kuchli mushak og‘rig‘i, kuchli diareya va isitma ekanini maʼlum qilgan.
Qo‘shimcha tafsilotlar keltirilmagan.