1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistonga yana sovuq havo massalari kirib kelmoqda

Respublika bo‘yicha yomg‘ir, qor yog‘ishi kuzatiladi.

O‘zbekistonga yana sovuq havo massalari kirib kelmoqda

Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

 

15 dekabrdan 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, baʼzi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.

 

15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17 dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja, baʼzi joylarda 15 darajagacha, kunduz kunlari esa 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

 

Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика