1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb / 
  4. Afg‘onistonda "svet" yondi: O‘zbekiston elektr yetkazib berishni yana ko‘paytirdi

09:50 / 13.01.2022

1.2k

Afg‘onistonda "svet" yondi: O‘zbekiston elektr yetkazib berishni yana ko‘paytirdi

Afg‘onistonda "svet" yondi: O‘zbekiston elektr yetkazib berishni yana ko‘paytirdi

Seshanba kuni texnik muammolar tufayli elektr energiya eksporti keskin kamaygandi.

 

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini to‘liq hajmda yetkazib berishni tikladi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.

 

Seshanba kuni Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi O‘zbekiston tarafdan keladigan elektr energiyasi 60 foizga qisqarganini maʼlum qilgan. Toshkent buni texnik sabablarga bog‘liq ekanini aytgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, Marjon elektr stansiyasida texnik muammolar vujudga kelgan.

 

Elektr yetkazib berishdagi uzilishlar Afg‘onistonning 16 viloyatiga taʼsir qilgan. DABS‘ning maʼlum qilishicha,  13 yanvardan boshlab import hajmi to‘la tiklandi.

 

Avvalroq “Tolibon” davlat xizmatchilari maoshini g‘alla bilan to‘lamoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика