1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonning parallel dunyosi: taʼlim, madaniyat, sport va anor savdosi

Afg‘oniston deyilganda ko‘pchilikning ko‘zi oldida darrov fuqarolar urushi hech to‘xtamaydigan, doimiy teraktlar bo‘lib turadigan, asosan giyohvand moddalar yetishtiradigan mamlakat paydo bo‘ladi.

Afg‘onistonning parallel dunyosi: taʼlim, madaniyat, sport va anor savdosi

 

To‘g‘ri, bu fikrlarda ham jon bor. Chunki mamlakat 1979 yildan buyon fuqarolar urushi girdobida qolgan. Buning oqibatida Afg‘oniston dunyoning eng notinch davlatiga aylandi.

 

Biroq Afg‘oniston faqat jangu jadal mamlakati emas. Bu yerda ham boshqa davlatlariniki kabi bozorlar, sanʼat va filmlar, qolaversa yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa-da, sanoat va ishlab chiqarish bor.

 

 

2001 yil “Tolibon” hokimiyati ag‘darilganidan keyin mamlakat boshqa davlatlar kabi dunyoviy rivojlanish yo‘lini tanladi. Afg‘onistonda kino, radio, televideniyega ruxsat berildi. Natijada so‘nggi  20 yil davomida mamlakatda madaniyat, sanʼat va adabiyotda jonlanish yuz berdi, muayyan yutuqlarga erishildi.

 

Masalan, o‘tgan hafta “Tolibon”  va hukumat o‘rtasidagi janglar avjiga chiqqan bir  paytda Kobulda I eksperemental avangard kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda 33ta film namoyish qilindi.

 

Afg‘oniston arxeologik yodgorliklarga boy mamlakat hisoblanadi. Bu yerda tarixning turli davriga oid minglab manzilgoh va meʼmoriy obidalar mavjud. Hozirda Kobul atrofidagi Budda ibodatxonasi qoldiqlari o‘rganilmoqda. Mahalliy aholi tinchlik o‘rnatilganidan keyin bu yerga ko‘plab sayyohlar keliishiga ishonadi.

 

Mamlakatda taʼlim sohasida 2001 yildan  o‘sish kuzatildi. Eng avvalo, dunyoviy taʼlim qayta tiklandi. Ayollarga  taʼlim olish huquqi berildi. Hozirgi kunda Kobul, Qandahor, Hirot, Mozori Sharif va Jalolobod kabi yirik shaharlarda universitetlar mavjud.

 

Afg‘onistonda sportning ham muayyan turlari rivojlangan. Mamlakatda, ayniqsa, kriket eng mashhur sprot turi sanaladi. Afg‘oniston kriket milliy terma jamoasi dunyoning eng kuchli o‘ntaligidan joy olgan. Afg‘onistonda ot sporti azaldan rivojlangan. Ot sportidan Buzkashi (ko‘pkari) eng ko‘p o‘ynaladi.

 

Afg‘onistonda savdo-sotiq azaldan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bunga mamlakatning o‘ziga xos geografik o‘rni ham sabab bo‘lgan.  Afg‘on bozorlari o‘ziga xos koloriti bilan ajralib turadi. Afg‘oniston ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mamlakatidir. Quruqlik savdo yo‘llarining rivojlanishi Kobul uchun juda  muhimdir. Afg‘onistonda so‘nggi yillarda zamonaviy yo‘llar, transport vositalari, yevropa usulidagi binolar paydo bo‘ldi.

Afg‘oniston dunyoga faqat giyohvand moddalar sotmaydi. Ushbu mamlakat azaldan o‘zining serhosil yerlari bilan mashhur. Bu qishloq xo‘jaligi taraqqiy etishiga sabab bo‘lgan. Afg‘onistonda yetishtirilgan qishloq  xo‘jaligi mahsulotlari  hozir ham jahon bozorida xaridorgir. Masalan, afg‘on anorlari ko‘plab davlatlarga eksport qilinadi.

 

Afg‘onistonliklar ham dunyoning boshqa mamlakatlaridagi kabi tinchlikni xohlashadi. Bu nihoyatda to‘g‘ri qaror. Chunki bu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatdan rivojlanishiga yordam beradi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика