AQSH rahbariyati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga yordam berganlar uchun taqdim etiladigan mukofot pulini ikki baravarga oshirib, 50 million dollarga yetkazdi. Bu haqida AQSH bosh prokurori Pam Bondi X ijtimoiy tarmog‘ida maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, Maduro xorijiy terroristik tashkilotlardan foydalangan Qo‘shma Shtatlarga katta miqdorda giyohvand moddalar kiritgan.
“U dunyodagi eng yirik giyohvand moddalar savdogarlaridan biri va milliy xavfsizligimizga tahdid solmoqda. Shuning uchun ham biz u haqidagi maʼlumot uchun mukofotni ikki baravar oshirmoqdamiz”, - deydi Bondi.
Maduro Kolumbiyadagi FARS isyonchilari bilan hamkorlik qilib, AQSHga kokain oqimini “qurol sifatida” ishlatishda ayblanmoqda. Shu paytgacha Maduroning o‘zi va sheriklariga tegishli 30 tonna kokain musodara qilingan, shundan qariyb 7 tonnasi to‘g‘ridan to‘g‘ri prezidentga bog‘liq hisoblanadi.


