1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda FVB inspektori 1800 dollar pora bilan ushlandi

U o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, fuqaroni tanishlari orqali ishga kiritish evaziga pul talab qilgan.

Andijonda FVB inspektori 1800 dollar pora bilan ushlandi

 

Andijonda mansabdor shaxsning ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy harakatlari fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Andijon viloyati Baliqchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, tanishlari orqali shaxsning qarindoshini sohada ishga kiritish evaziga 1 800 AQSh dollari talab qilgani aniqlangan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, inspektor talab qilingan mablag‘ni tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan paytda ashyoiy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mazkur holat mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolarning huquqini himoya qilish bo‘yicha tizimli choralar namunasidir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика