1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida janjal yuz berdi

Shaxsiy kelishmovchilik oqibatida bir guruh qizlar tanishini kaltaklab tan jarohati yetkazgan.

Andijonda voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida janjal yuz berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida voyaga yetmagan qizlar o‘rtasidagi janjal aks etgan videolavhalar tarqaldi. Unda bir guruh qizlar boshqa bir qizni urib, unga tan jarohati yetkazayotgani tasvirlangan. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, voqea 2025-yil 7-noyabr kuni Andijon shahrining Mustaqillik mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Shaxsiy kelishmovchilik tufayli voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Mojaro vaqtida Y.D yonida bo‘lgan uch nafar dugonasi ham jarayonga aralashib, birgalikda E.M.ga tan jarohati yetkazgan.

 

Hodisa bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari boshlangan bo‘lib, holatning barcha jihatlari aniqlanmoqda.

 

Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bola tarbiyasi va ta’limi bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ular 1 baravardan 5 baravargacha BHM miqdorida — 412 ming so‘mdan 2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика