1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonlik erkak garovda yutqazib, oilasi bilan uysiz qoldi

Sud qarori asosida to‘qqiz kishilik oila, jumladan yetti nafar bola va homilador ayol, uydan chiqarilgan.

Andijonlik erkak garovda yutqazib, oilasi bilan uysiz qoldi

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro garov o‘yinida yutqazib, moliyaviy qarzga botgani oqibatida o‘z uyini sotishga majbur bo‘lgan. Sud qaroriga muvofiq, erkak va uning oilasi oktabr oyining boshida uydan chiqarilgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi (MIB) rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

 

Byuroning aniqlik kiritishicha, qarzdor avvalroq pul tikish saytlarida katta miqdorda mablag‘ yo‘qotgan va o‘z mulkini qarzini to‘lash maqsadida sotgan. Shunga qaramay, u 11 oy davomida uyda yashashni davom ettirgan va mulkni bo‘shatish to‘g‘risidagi sud qarorini bajarmagan.

 

MIB ma’lumotiga ko‘ra, sud qarori 2025-yil 5-mart kuni kuchga kirgan, biroq ijro harakatlari bir necha bor kechiktirilgan. Dastlab, qarzdorning shaxsiy murojaati, keyin esa tegishli idoralar vakillari ishtirok eta olmaganligi sababli ko‘chirish jarayoni orqaga surilgan.

 

Yil boshida qabul qilingan qaror yakuniy tarzda faqat oktyabr oyida ijro etilgan. Natijada, to‘qqiz kishilik oila — yetti nafar voyaga yetmagan farzand va homilador ayol ham bo‘lgan oila — uydan chiqarilgan.

 

Hozirda voqea yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика