1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda terrorchilik harakatini moliyalashtirgan erkak 5 yilga qamaldi

U Rossiyada ishlab yurgan vaqtida taqiqlangan tashkilot hisob raqamiga pul o‘tkazib kelgan.

Xorazmda terrorchilik harakatini moliyalashtirgan erkak 5 yilga qamaldi

Xorazm viloyatida terrorchilik faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan shaxsga nisbatan sud hukmi chiqdi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida aniqlanishicha, Xorazm viloyatida yashovchi fuqaro Rossiyada bo‘lgan davrida taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” nomli xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolari bilan aloqa o‘rnatgan. U mobil ilovalar orqali ushbu tashkilot hisob raqamlariga bir necha bor pul o‘tkazish yo‘li bilan ularning faoliyatini moliyalashtirgan.

 

Sud tergovi jarayonida to‘plangan dalillar asosida Tuproqqal’a tuman sudi mazkur shaxsni Jinoyat kodeksining 155-3-moddasi (“Terrorizmni moliyalashtirish”) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика