1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sulhdan so‘ng g‘azoliklar vayron bo‘lgan uylariga qaytmoqda

Ayni paytda aholi o‘zlari uylarini taʼmirlashga kirishgan.

Sulhdan so‘ng g‘azoliklar vayron bo‘lgan uylariga qaytmoqda

Kecha, 10-oktyabr kuni Isroil va Hamas o‘rtasida sulh kuchga kirgach minglab boshpanasiz qolgan falastinliklar vayron bo‘lgan uylariga qaytishmoqda.

 

“Ular bizni yo‘q qilishdi. Ammo biz yana qaytamiz”, — deydi mahalliy fuqarolardan biri jurnalistlar bilan suhbatda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik uchun uylariga qaytish — xavfli bo‘lsa-da, zarur qaror. Chunki G‘azo hududida boshpana topish imkoniyatlari juda cheklangan.

 

Vayrona shahar ko‘chalarida suv va elektr taʼminoti deyarli yo‘q, ko‘pgina binolar foydalanishga yaroqsiz. Shunga qaramasdan, aholi o‘z qo‘li bilan uylarini taʼmirlashga, qurilish materiallarini topishga va qayta turmush boshlashga urinmoqda.

 

Xalqaro tashkilotlar G‘azodagi insonparvarlik inqiroziga eʼtibor qaratmoqda. Biroq yordam yetib borishi qiyin, chunki ko‘plab yo‘llar yopiq, xavfsizlik choralari kuchaygan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика