1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Anqarada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Anqarada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

 

 

Turkiya Respublikasi Prezidentining Anqara shahridagi Oqsaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Davlatimiz rahbarini Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan kutib oldi.

 

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan shohsupaga koʻtarildilar. Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

 

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtmoqda. Tomonlar Oʻzbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика