1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Antibiotiklar 15-yanvardan emas, 16-dekabrdan elektron retsept asosida berilmoqda — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron retsept bo‘yicha tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Antibiotiklar 15-yanvardan emas, 16-dekabrdan elektron retsept asosida berilmoqda — SSV

 

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 15-yanvaridan boshlab dorixonalarda antibiotiklar faqat elektron retsept asosida berilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 15-dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirining “Elektron retsept” tizimini joriy etishning keyingi bosqichma-bosqich tartibini belgilash to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan.

 

Ushbu buyruqqa muvofiq, tibbiyot tashkilotlarida retsept asosida beriladigan dori vositalarini elektron retsept orqali tayinlash jarayoni bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan.

 

Dastlabki bosqichda antibiotiklar, tizimli ta’sir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari hamda tizimli ta’sir etuvchi gormonal dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash va dorixonalarda elektron retsept orqali berish tartibi joriy etilgan. Hozirda ushbu dori vositalari amalda mazkur tartib asosida berilmoqda.

 

Shu bilan birga, mazkur buyruq Adliya vazirligida 2025-yil 15-dekabr kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami — 3725) bo‘lib, elektron retsept tizimi 2026-yil 15-yanvardan emas, balki buyruq kuchga kirgan 2025-yil 16-dekabrdan boshlab amalda ekani qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика