1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh 55 milliondan ortiq odamni deportatsiya qilishi mumkin

Davlat departamenti xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslarning vizalarini bekor qilishini bildirdi.

AQSh 55 milliondan ortiq odamni deportatsiya qilishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakatga viza asosida kirgan 55 milliondan ortiq kishining maqomini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Associated Press xabariga ko‘ra, Davlat departamenti barcha vizalar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazib, xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslarni aniqlashni rejalashtirmoqda.

 

Rasmiylarga ko‘ra, agar shaxsning jinoyatlarda ishtiroki, terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani yoki mamlakat xavfsizligiga tahdid solishi aniqlansa, ularning vizalari bekor qilinadi va ular deportatsiya qilinadi. Tramp ma’muriyati bu chorani AQSh ichida xavfsizlikni mustahkamlash zarurati bilan izohladi.

 

Pew Research Center ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdagi muhojirlar soni 50 yildan ortiq davom etgan o‘sishdan so‘ng ilk bor kamayishni boshlagan. 2025-yil yanvarida mamlakatda 53,3 million muhojir istiqomat qilgan bo‘lsa, iyun oyiga kelib bu ko‘rsatkich 51,9 millionga tushib, 1960-yillardan beri ilk bor bir milliondan ortiq kamayish kuzatilgan.

 

Mutaxassislar deportatsiya xavfi va immigratsion siyosatdagi qat’iy choralar AQShdagi migrantlar hayotiga bevosita ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, migratsiya oqimi pasayishi mamlakat mehnat bozorida muammolarni yuzaga keltirishi ehtimoli ham bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика