1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tarixda birinchi marta ayol kishi atom muzyorar kemasi kapitani bo‘ldi

Rossiya atom flotidagi kemaga endi Marina Starovoytova rahbarlik qiladi.

Tarixda birinchi marta ayol kishi atom muzyorar kemasi kapitani bo‘ldi

Rossiya atom floti tarixida ilk bor ayol atom muzyorar kemasi kapitani bo‘ldi. “RBK” xabariga ko‘ra, Marina Starovoytova dunyodagi eng yirik kemalardan biri — “Yamal” atom muzyorar kemasini boshqaradi. Ushbu kema ikkita yadroviy reaktor bilan jihozlangan bo‘lib, quvvati 75 ming ot kuchiga teng.

 

“Yamal” kemasi 1992-yilda Sankt-Peterburgdagi Baltika zavodida qurilgan bo‘lib, Arktika loyihasiga mansub. 23 ming tonnalik suv siqib chiqarish quvvatiga ega kema 147 metr uzunlikka va 30 metrga yaqin kenglikka ega. Maxsus 48 millimetrli po‘lat qoplamasi tufayli u eng qattiq muzlarni ham yorib o‘ta oladi. Kema Shimoliy dengiz yo‘li bo‘ylab navigatsiyani ta’minlash va Arktika sharoitida ishlash uchun mo‘ljallangan.

 

Starovoytova 2005-yilda flotga ishga kirib, dastlab atom konteyner tashuvchi “Sevmorput” kemasida faoliyat boshlagan. U avval rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan bo‘lsa-da, so‘ngra dengizchilik sohasiga o‘tib, amaliy ish bilan bir qatorda o‘qishni davom ettirgan. 2014-yilda sudovoditel diplomini qo‘lga kiritgan.

 

Marina Starovoytova butun martaba yo‘lini bosib o‘tib, matroslikdan savdo flotida katta yordamchi kapitanga qadar ko‘tarilgan. Endilikda u atom muzeyar kemasiga rahbarlik qilayotgan ilk ayol sifatida tarixga kirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика