AQSh hukumati Turli millatlarga mansub immigrantlar uchun yashil karta lotereyasi dasturini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Ushbu qaror Prezident Donald Trampning ko‘rsatmasi asosida amalga oshirildi.
AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning ma’lum qilishicha, lotereya dasturini to‘xtatish choralari mavjud kirish tizimi keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan potentsial tahdidlardan himoya qilish maqsadida zarur bo‘lgan.
Qaror Braun universitetida sodir bo‘lgan otishma bilan bog‘liq voqea ortidan qabul qilindi. Hujum gumonlanuvchisi Klaudio Neves Valenti Qo‘shma Shtatlarga 2017-yilda yashil karta lotereyasi orqali kelganligi ma’lum qilingan. Otishma 13-dekabr kuni Rod-Aylend shtatining Providens shahrida sodir bo‘lgan bo‘lib, ikki kishi, jumladan o‘zbekistonlik talaba halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi jarohat olgan. Hujumchi dastlab qochib ketgan, bir necha kun o‘tgach o‘lik holda topilgan.


