1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH maktablaridagi holat virus tarqalishining oldini olishda niqob asosiy vosita ekanini isbotladi

O‘quv yili boshidan buyon qatʼiy niqob rejimini joriy qilmagan Amerika maktablari COVID-19 bilan kasallanishning sezilarli darajada oshishiga duch kelgani aniqlandi. Bu AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari tadqiqotlarida ma'lum qilindi.

AQSH maktablaridagi holat virus tarqalishining oldini olishda niqob asosiy vosita ekanini isbotladi

 

 

Unga ko‘ra, ayrim maktablarda bolalar o‘rtasida COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holati keskin ko‘paygan.

 

Masalan, o‘quv yilini qatʼiy niqob taqmay boshlagan maktablarda COVID-19 tarqalishi holati Arizona shtatidagi maktablarga nisbatan 3 yarim baravar yuqori ekani kuzatilgan.

 

Tadqiqotchilar virus tarqalishining oldini olishda niqob rejimi asosiy vosita ekanini ta'kidlamoqda. Shuningdek, emlash, infeksiyani tekshirish va ijtimoiy masofa ham muhim vositalar sirasiga kiradi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика