AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkan Qo‘shma Shtatlar razvedkasi Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegarasidan olib chiqib ketilganini tasdiqlay olmaganini aytdi.
"Biz Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegaralaridan birorta ham chekinishi yoki olib chiqilishini hali ko‘rmadik. Biz buni diqqat bilan kuzatmoqdamiz va yana Rossiya nima haqida gapirayotganiga emas, aslida nima qilayotganiga qarash juda muhim", - dedi Blinken.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar voqealarning har qanday rivojlanishiga javob berishga, jumladan, Rossiya Federatsiyasi bilan keskinlikni pasaytirish sharti bilan diplomatik muloqot o‘tkazishga yoki yangi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda kuchli javob berishga tayyor.
Blinkenning taʼkidlashicha, Vladimir Putin bosqinchilik bo‘yicha biron bir qaror qabul qilganmi yoki yo‘qmi hozircha nomaʼlum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Polsha-Ukraina chegarasida maxfiy operatsiya o‘tkazgani xabar qilingandi.


