1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Rossiyaning “soya floti”ga sanksiya joriy qilmoqchi

Bayden bu orqali Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqchi.

AQSH Rossiyaning “soya floti”ga sanksiya joriy qilmoqchi

Bayden maʼmuriyati Rossiya neftini tashuvchi tankerlarga qarshi choralar ko‘rish orqali Moskvani neft savdosidan olinadigan daromaddan mahrum qilishni maqsad qilmoqda. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.

 

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Rossiya neftning G‘arb davlatlari tomonidan bir barrel uchun 60 dollar qilib belgilagan narx chegarasidan yuqori qiymatda sotilishiga ko‘maklashuvchi tankerlarga nisbatan “katta sanksiya paketi” joriy etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, sanksiyalar mavjud cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiya nefti savdosini tashkil qilishda ishtirok etgan shaxslar va kompaniyalarga nisbatan choralarni ham o‘z ichiga oladi.

 

"Bayden maʼmuriyati bu orqali AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Trampning sanksiyalarga munosabati qanday bo‘lishi nomaʼlum", deya aniqlik kiritadi Reuters.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика