1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

AQSh Suriyada uchta harbiy bazani tark etdi

Pentagon Suriyadagi harbiy ishtirokini qisqartirmoqda.

AQSh Suriyada uchta harbiy bazani tark etdi

AQSh Suriyadagi harbiy ishtirokini qisqartirish doirasida mamlakatdagi uchta harbiy bazasini tark etdi. Ulardan ikkitasi butunlay yopilgan bo‘lsa, yana biri kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari” (SDK) ixtiyoriga topshirildi. Bu haqda Pentagon vakillari xabar berdi.

 

So‘nggi haftalarda AQSh qo‘mondonligi Suriya hududidan taxminan 500 nafar harbiysini olib chiqib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, SDK kuchlari “Missiyani qo‘llab-quvvatlash maydoni Furot” nomli harbiy bazaning nazoratini o‘z qo‘liga olgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2015–2018-yillarda AQSh Suriya shimolidagi kurdlar nazoratidagi hududlarda to‘qqizta harbiy baza va uchta forpost tashkil etgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика