AQShda fuqarolar o‘z huquqiy masalalarini hal etishda generativ sun’iy intellekt (AI) xizmatlariga murojaat qilmoqda. Ba’zi hollarda, bu texnologiyalar professional advokatlarning samaradorligini oshirish yoki ularning samarasizligini bartaraf etishda muvaffaqiyatli natijalar beradi.
NBC xabariga ko‘ra, ijara haqi tufayli uyidan chiqarib yuborilish xavfi ostida bo‘lgan amerikalik ayol Lin Uayt ushbu imkoniyatni sinab ko‘rdi. Sud tomonidan tayinlangan advokat bilan ishini yo‘qotganidan so‘ng, Uayt ChatGPT va Perplexity xizmatlaridan foydalangan holda apellyatsiya taqdim etdi. Natijada, u nafaqat uyini saqlab qoldi, balki dastlabki qarz miqdorini ham kamaytirishga erishdi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt yordamisiz bunday natijaga erishish imkonsiz bo‘lardi.
Shu bilan birga, sun’iy intellekt dasturlarini ishlab chiquvchi kompaniyalar, AI tomonidan tayyorlangan hujjatlarda xatoliklar va noto‘g‘ri xulosalar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Shuning uchun, huquqiy jarayonlarda ularni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Kaliforniyalik advokat Endryu Montez fikricha, sun’iy intellekt kelajakda advokatlik kasbining ajralmas qismiga aylanadi va yangi texnologiyalarni o‘zlashtira olmagan yuridik mutaxassislar noqulay ahvolga tushishi mumkin.


