1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan qiz qo‘lga olindi

U “Bishkek dahshati” nomli Telegram kanali orqali shahar maktablari va savdo markazlarida terakt tahdidlari tarqatgan.

Qirg‘izistonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan qiz qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) poytaxt Bishkekdagi savdo markazlarida terrorchilik harakatlarini amalga oshirish bilan tahdid qilgan shaxsni aniqlab, qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati 18-oktabr kuni ma’lum qildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina fuqarosi Ya. Ovsyuk Telegram messenjerida “Bishkek dahshati” nomi bilan kanal ochgan, keyinchalik uning nomi “AVERSION” deb o‘zgartirilgan. Kanalda shahar maktablari va yirik savdo markazlarida terakt sodir etilishi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar tarqatilgan.

 

Shuningdek, “ayana” nomli foydalanuvchining “GUM”, “SUM”, “Bishkek Park”, “Dordoy Plaza”, “Azia Mall” va “Tommi Mall” savdo majmualarini portlatish niyati haqida aytgan audiosi aniqlangan. Ushbu xabarlar aholida vahima va jamoatchilikda norozilik uyg‘otgan.

 

MXDQ tomonidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida jinoyat ishi doirasida Qirg‘iziston fuqarosi G.A. hibsga olingan. U terrorchilik harakati bilan tahdid qilish (Jinoyat kodeksining 252-moddasi, 1-qismi) bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

 

Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика