1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda uch yoshli bola onasining hayotini saqlab qolib, qahramonga aylandi

Bola onasini epileptik tutqanoq xuruj qilgan paytda telefonni ochib, 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

AQShda uch yoshli bola onasining hayotini saqlab qolib, qahramonga aylandi

AQShning Michigan shtatida yashovchi uch yoshli Kodi Jeyms Uilyams onasining hayotini saqlab qolib, mamlakatda qahramonga aylandi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea onasi og‘ir epileptik tutqanoqni boshdan kechirgan paytda sodir bo‘lgan. Yosh bola avvaldan bunday holatlarga guvoh bo‘lgani uchun vaziyatda o‘zini yo‘qotmagan. U onasining telefonini yuziga tutib qulfini ochgan va 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishga yordam bergan.

 

Shundan so‘ng tez yordam xizmati voqea joyiga zudlik bilan yetib kelib, ayolning hayotini saqlab qolgan.

 

Mahalliy politsiya bo‘limi boshlig‘i Maykl Bushard maxsus matbuot anjumani o‘tkazib, bolakayni “kichik deputat” deb atagan va unga ramziy politsiya nishoni taqdim etgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea ota-onalarga farzandlarini favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish naqadar muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика